Cloupard

Cloupard

O‘zbekistondagi yetakchi bulutli provayder bo‘lib, har qanday o‘lchamdagi biznes uchun yuqori sifatli va ishonchli bulutli xizmatlarning keng doirasini taklif qilamiz. Bizning missiyamiz — kompaniyalarga bulutli texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali mahsuldorlikni oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va ularning IT-infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlashda yordam berishdir.

Biz bulutli texnologiyalar kelajakning asosi ekaniga ishonamiz va ularni har bir foydalanuvchi uchun qulay va ochiq qilishga intilamiz. Bizning maqsadimiz — mijozlarga ularning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos keladigan, moslashuvchan, masshtablanuvchi va xavfsiz bulutli yechimlarni taqdim etish orqali ularni biznesdagi yangi cho‘qqilarga yetkazishga yordam berishdir.
Sertifikatlar
Cloupard ISO 9001 va ISO 27001 xalqaro sertifikatlarini oldi.
Biz O'zbekistonda ISO 9001 (sifat menejmenti) va ISO 27001 (axborot xavfsizligi) xalqaro standartlari bo'yicha sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o'tgan birinchi bulutli provayder bo'ldik.

Bu xizmatlarni boshqarish va ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha jahon talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi. Mijozlarimiz uchun bu IT infratuzilmasining ishonchli ishlashi va ma'lumotlarning maksimal xavfsizligini anglatadi.

Xalqaro korporatsiyalarning O'zbekistonga investitsiyalarga qiziqishi ortib borayotgani paytda ISO sertifikatlarining mavjudligi mamlakatni biznes uchun yanada jozibador qiladi va Cloupard raqamli yechimlarni joylashtirish uchun ishonchli hamkordir.
Ko‘proq yangiliklar bizning Telegram-kanalimizda:
Biz bilan sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda bog‘laning.
Hamkorlikdan mamnun bo‘lamiz!
Yevgeniy Kim
Cloupard tijorat direktori